Yangiliklar:
20.08.2018
Xalq ta’limi vazirligi AT "Aloqabank" bilan strategik hamkorlik o’rnatdi

17 avgust kuni Xalq ta’limi vazirligi va AT "Aloqabank" rahbariyati o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda "Mfond" jamoat xayriya fondi uchun onlayn platformani ishga tushirish bo’yicha kelishuvga erishildi. "Mfond" jamoat xayriya fondining birinchi bosqichini 1-oktabr O'qituvchi va murabbiylar kuni arafasida ishga tushirish rejalashtirilgan.

28.09.2018
2018-yil 29-sentabr kuni O'zbekistonda ilk marotaba maktab ta'limini rivojlantirishga yo'naltirilgan homiylik

2018-yil 29-sentabr kuni O'zbekistonda ilk marotaba maktab ta'limini rivojlantirishga yo'naltirilgan homiylik mablag'larini sarflash bo'yicha hisobot va shaffoflikni ta'minlovchi onlayn platforma — www.mfond.uz ishga tushirilmoqda. Endi barcha istovchilar kelajagimiz bo'lgan bolalar ta'limi va tarbiyasini rivojlantirishga o'z hissalarini qo'shishlari mumkin.

Facebook: MFond 
Instagram: @mfond_uz
Telegram: @mfond_uz

22.10.2018
MFondning birinchi faxriy elchisi tayinlandi

Xalq ta’limi vazirligi delegatsiyasining AQSHga boʻlgan rasmiy tashrifi doirasida MFondning birinchi faxriy elchisi etib Nur Parpiev tayinlandi. Faxriy elchi AQSHda istiqomad qilayotgan yurtdoshlarimizni Oʻzbekiston Respublikasida maktab ta’limini, xususan ommaviy moliyalash (crowdfunding) orqali rivojlantirishga jalb etish bilan shugʻullanadi.
Nur Parpiev 2009 yildan buyon AQSHda istiqomad qiladi. Merilend shtatining Rokvill shahridagi Montgomeri Kollejida xalqaro biznes va moliya yoʻnalishlari boʻyicha tahsil olgan.

23.10.2018
20 oktabr kuni A.Avloniy nomidagi xalq ta'limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida viloyat maktablarining 250 nafar direktori va ta'lim sohasi mutaxassislari uchun MFONDning taqdimoti bo'lib

20 oktabr kuni A.Avloniy nomidagi xalq ta'limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida viloyat maktablarining 250 nafar direktori va ta'lim sohasi mutaxassislari uchun MFONDning taqdimoti bo'lib o'tdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar mamlakatimizdagi ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, kam ta'minlangan oila farzandlarini qo'llab-quvvatlash va iqtidorli o'quvchilarni rag'batlantirish uchun yaratilgan “kraudfanding” (xalq tomonidan moliyalash) platformasi haqida ma'lumot oldilar.

 

Facebook: www.fb.com/mfonduz
Instagram: www.instagram.com/mfond_uz
Telegram: www.t.me/mfond_uz

26.10.2018
2018-yil 20-oktabr kuni MFond va Xalq taʼlimi vazirligi koʻmagida "Sharq ayoli"

2018-yil 20-oktabr kuni MFond va Xalq taʼlimi vazirligi koʻmagida "Sharq ayoli" XAJF (http://eastwoman.uz/) tashabbusi bilan Xorazm viloyati Shovot tumanidagi 2-sonli oʻrta maktabga 20 million soʻmlik rus bolalar badiiy adabiyoti kutubxonasini topshirish xayriya tadbiri oʻtkazildi.
Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Taraqqiyot strategiyasi markazi va Xorazm maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan hamkorlikda oʻtkazildi. 

14.11.2018
E'LON

Министерство народного образования приглашает компании и организации к совместной реализации социально-важных проектов

Для сотрудничества и реализации проектов заполните заявку 

https://clck.ru/EhD2X

Biz bilan bog`laning: