2018-yil 20-oktabr kuni MFond va Xalq taʼlimi vazirligi koʻmagida "Sharq ayoli" XAJF (http://eastwoman.uz/) tashabbusi bilan Xorazm viloyati Shovot tumanidagi 2-sonli oʻrta maktabga 20 million soʻmlik rus bolalar badiiy adabiyoti kutubxonasini topshirish xayriya tadbiri oʻtkazildi.
Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Taraqqiyot strategiyasi markazi va Xorazm maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan hamkorlikda oʻtkazildi.