O`zbekiston Respublikasi Maktab xayriya fondi
Xayriya qilish
Chunki farzandlarimiz eng yaxshisiga munosib
MFond:

Bu O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ta’sis etilgan jamoat xayriya fondi.

Fondning missiyasi O’zbekiston Respublikasida maktab ta’limini rivojlantirishga ko’maklashishdir.

Fondning maqsadlari:

Fondning maqsadlari:

- Maktab ta’limi, ma’rifat, madaniyat va shaxsning ma’naviy rivojlanishiga ko’maklashish;

- Maktablarning infratuzilmasi va moddiy-texnika bazasi, hamda o'quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish;

- Imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy himoya qilish va qo’llab-quvvatlash;

- Iqtidorli o’quvchilarni rag’batlantirish va kam ta’minlangan o’quvchilarni qo’llab-quvvatlash.

Faoliyatning asosiy yo’nalishlari:

- O’quvchilarning innovatsion loyihalarini qo’llab-quvvatlash;

- Iqtidorli hamda kam ta’minlangan o`quvchilarni moliyaviy qo`llab-quvvatlash;

- O’quv jarayonini moddiy-texnik jihatdan qo`llab-quvvatlash va uskunalar bilan ta’minlash, o`quv binolarini jihozlash;

- Maktab infratuzilmasini rivojlantirish (maktab binolari, xonalar va boshqalarni ta’mirlash).

Yangiliklar:
20.08.2018
Xalq ta’limi vazirligi AT "Aloqabank" bilan strategik hamkorlik o’rnatdi

17 avgust kuni Xalq ta’limi vazirligi va AT "Aloqabank" rahbariyati o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda "Mfond" jamoat xayriya fondi uchun onlayn platformani ishga tushirish bo’yicha kelishuvga erishildi. "Mfond" jamoat xayriya fondining birinchi bosqichini 1-oktabr O'qituvchi va murabbiylar kuni arafasida ishga tushirish rejalashtirilgan.

28.09.2018
2018-yil 29-sentabr kuni O'zbekistonda ilk marotaba maktab ta'limini rivojlantirishga yo'naltirilgan homiylik

2018-yil 29-sentabr kuni O'zbekistonda ilk marotaba maktab ta'limini rivojlantirishga yo'naltirilgan homiylik mablag'larini sarflash bo'yicha hisobot va shaffoflikni ta'minlovchi onlayn platforma — www.mfond.uz ishga tushirilmoqda. Endi barcha istovchilar kelajagimiz bo'lgan bolalar ta'limi va tarbiyasini rivojlantirishga o'z hissalarini qo'shishlari mumkin.

Facebook: MFond 
Instagram: @mfond_uz
Telegram: @mfond_uz

Holat paneli:
1

Xayriya qilish

Mahalliy to`lov tizimlari, Bank filiallarida, Xalqaro to`lov tizimlari orqali xayriya qilish.

2

Mablag`larni maktabni rivojlantirish jamg`armasiga o`tkazish

Umumiy va maqsadli xayriya uchun maxsus hisob raqamiga kelib tushgan mablag`larni qayta ishlash.

3

Mablag`larni maktablarning hisob raqamlariga o`tkazish

Infratuzilmani yaxshilashga muhtoj bo`lgan maktablarga pul mablag`larini taqsimlash.

4

Pul mablag`laridan foydalanish bo`yicha maktablarning onlayn-hisoboti

Maktablar tomonidan xayriyadan kelib tushgan mablag`laridan foydalanish bo`yicha lotlar shaklida onlayn hisobotlarni yaratish va ularni yuritish.

5

Xalq nazorati orqali ishlarni qabul qilish

Jamg`armaning mablag`laridan foydalanish bilan bog`liq ishlarni qabul qilishni nazorat qilish o`quvchilarning ota-onalariga topshiriladi.

6

Xayriyachiga hisobot

Har bir ro`yxatdan o`tgan foydalanuvchi shaxsiy kabinetida xayr-ehsonlarni ishlatishning batafsil hisoboti bo`ladi.

Har bir insonning hayot yo`lida

aynan maktab juda muhim
o`rinni egallaydi va

endilikda o`z maktabingizning rivojiga
yordam berishingiz uchun noyob imkoniyat paydo bo`ldi!

O`zbekiston Respublikasi Maktab xayriya fondi

Biz bilan bog`laning: